[www.Dastur.uCoz.Ru BEPUL DASTURLAR ]
Главная » 2012 » May » 4 » Acer 2012-yil uchun o‘zining yangi noutbuklarini namoyish qildi
05:47:59
Acer 2012-yil uchun o‘zining yangi noutbuklarini namoyish qildi
Acer 2012-yilda ham shaxsiy kompyuterlarning global bozorida o‘z o‘rnini ushlab qolishga harakat qilmoqda. "Gartner” tadqiqot kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Acer 2011-yilda butun dunyo bo‘ylab jami 29,9 million dona (14,3%) noutbuk sotib, bu borada jahonda HP kompaniyasidan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Biroq, umumiy shaxsiy kompyuterlar bozoriga keladigan bo‘lsak, bu sohada kuchli uchlikka mos ravishda HP, Lenovo va Dell kirgan.

Acer’ning 2012-yil uchun chiqargan yangi noutbuk modellari:

"Acer Aspire S5” flagman ultrabuki

Texnik xususiyatlari: SSD-xotira, Thunderbolt interfeysi, USB 3.0 va HDMI.



"Acer Aspire M3”: DVD-diskovodli yagona ultrabuk



"Acer Aspire V5”

Noutbuklardan tashqari, Acer planshetlar bozoriga ham o‘z e’tiborini qaratmoqda. Biroq, uning planshet kompyuterlari hali-beri foydalanuvchilar orasida unchalik ommalashib ketayotgani yo‘q.

Acer 2012-yil uchun 7 va 10 dyumlik oltita Android-planshet taqdim qiladi: Acer Iconia A701, A511, A510, A200, A101 va A100.

Manba: MegaMedia.Uz
Категория: Xabarlar | Просмотров: 510 | Добавил: Tillobek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]