[www.Dastur.uCoz.Ru BEPUL DASTURLAR ]
Главная » 2012 » Aprel » 22 » «Real» mehmonda «Barselona»ni mag`lub etdi
12:47:16
«Real» mehmonda «Barselona»ni mag`lub etdi

Ispaniya chempionatining 35-turidan o`rin olgan "Barselona" va "Real" klublari o`rtasidagi "el klasiko" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda "Qirollik klubi" g`alabani qo`lga kiritdi.


Ҳar ikki jamoa bugungi bellashuvga jangovar tarkibini jalb eti. Zero, La liganing oltin medallari taqdiri aynan mana shu bellashuv ko`p jihatdan bog`liq edi. Uchrashuv ham ana shunga monand qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo`ldi.

Uchrashuvning ilk daqiqalidan oldinga tashlangan "Qirollik klubi" mezbonlar darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yuzaga keltira boshladilar. "Barsa" darvozasi olidida ketma-ket bir necha bor burchak zarbasi amalga oshirildi. Dastlab, Ronalduning bosh bilan bergan zarbasini Valdes qiyinchilik bilan bartaraf etgan bo`lsa-da, undan keyingi vaziyat gol bilan yakun topdi. O`zil tomonidan bajarilgan burchak to`piga Pepe boshi bilan zarba yo`lladi. Bu zarbani Valdes qaytardi, biroq shu lahzada Sami Xedira paydo bo`ldi va darvozaboning shundoqqina qo`llari ostida turgan to`pni darvozaga yo`llab, hisobni ochdi.

Bu hisob "Real"ni qanchalik qoniqtirsa, "Barsa" uchun shunchalik keraksiz edi. Ular vaziyatni o`nglash uchun oldinga tashlandilar, biroq Madrid himoyasini yorib o`tish oson bo`lmadi. Faqatgina 70-daqiqaga kelib, jarima maydonida yuzaga kelgan pala-partishliklardan so`ng Aleksis Sanches hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan ko`p vaqt o`tmadi. "Real" - O`zilning betakror "pas"i va Ronalduning mahorati evaziga yana oldinga o`tib oldi. Krishtianu birga-bir vaziyatni golga aylantirdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari esa teng kurashlar ostida kechdi. Ҳar ikki jamoada bir qator imkoniyatlar bo`ldi, biroq hisob boshqa o`zgarmadi. Shu tariqa, "Real" chempionlik sari juda muhim va katta qadam tashladi. "Barselona" esa endi Gvardiola ta`biri bilan aytganda, yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rishni boshlayveradi, chog`i...

Barselona – Real Madrid 1:2
Gollar: 0:1 - Xedira (17), 1:1 - Sanches (70), 1:2 - Ronaldu (73).
Barselona: Valdes, Dani Alves, Maskerano, Puyol, Adriano (Pedro, 74), Xavi (Sanches, 69), Buskets, Alkantara, Telo (Fabregas, 81), Messi, Inesta.
Real Madrid: Kasilyas, Arbeloa, Pepe, Ramos, Koentrau, Alonso, Xedira, Ozil (Kalexon, 89), Di Mariya (Granero, 74), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Buskets (15), Pepe (43), Alonso (47), Ozil (77), Granero (78), Maskerano (86).
Категория: Sport olami | Просмотров: 850 | Добавил: Tillobek | Теги: EL CLASICO | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]